Главная » 2016 » Январь » 20

2015-yilning eng mashhur parollari e’lon qilindi


  • News
  • 20 Янв 2016(23:48)
  • 558
  • 0
SplashData o‘tgan yilning eng ommabop parollari ro‘yxatini e’lon qildi. Buning uchun kompaniya 2 millionta parolni tahlil etgan va 2014-yil natijalari bilan solishtirib ko‘rgan.

Ro‘yxatdagi birinchi va ikkinchi o‘rinni, 2014-yildagi kabi, “123456” va password egalladi. “12345678” uchinchi o‘ringa ko‘tarilib, soddagina “12345”ni pastga tushirib yubordi. Mashhur qwerty bir pog‘ona ko‘tarilib, to‘rtinchi o‘rinni band etdi.

“O‘ylab qo‘yilgan” parollarga kelganda, sport turlari nomi (football va baseball) ommabopligicha qolmoqda. Ro‘yxatda yangilar qatorida solo va starwars qayd etilgan, buni ekranlarga “Yulduzlar jangi”ning davomi chiqqani bilan izohlash mumkin. Ular tegishli ravishda 23 va 25-o‘rinlarni egallagan.
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar