Главная » 2015 » Июль » 31

31-iyul kuni “moviy Oy” ko‘rinadi


  • News
  • 31 Июл 2015(14:16)
  • 949
  • 0
Bundan avval “moviy Oy” 2012-yilda kuzatilgan bo‘lsa, bundan keyingisi 2018-yilda qayd etiladi.

Bunday nomlanishiga qaramay, Oyning rangi o‘zgarmaydi. Hodisa juda noyob bo‘lgani tufayli unga shunday nom berilgan: ingliz tilida “Once in a blue moon” iborasi “juda kamdan-kam” degan ma’noda qo‘llaniladi.

“Moviy Oy” deganda olimlar bir oy ichidagi ikkinchi to‘lin oyni nazarda tutadi. Odatda bir yilda 12 ta — har oyda bittadan to‘lin oy kuzatiladi. Biroq har 2,7 yilda o‘n uchinchi to‘lin oy — “moviy Oy” qayd etiladi.
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar