Главная » 2016 » Январь » 26

31-yanvar kuni O‘zbekiston aholisi beshta sayyora paradini ko‘rishi mumkin bo‘ladi


  • voydodaxek
  • 26 Янв 2016(02:23)
  • 755
  • 1

31-yanvar kuni Yerning shimoliy yarim shari aholisi, shu jumladan, o‘zbekistonliklar ham noodatiy hodisa — sayyoralar paradiga guvoh bo‘ladi, deya xabar bermoqda UzReport. Merkuriy, Venera, Saturn, Mars, Yupiter va Oy Qisqichbaqa va Sunbula yulduzlar turkumida bir qator bo‘lib tiziladi.

NASA ma’lumotlariga ko‘ra, sayyoralarning bunday joylashuvi so‘nggi marta 2005-yilda kuzatilgan.

Ushbu hodisa Quyosh chiqar mahal — Toshkent vaqti bilan taxminan 7:35 da eng ravshan tarzda ko‘rinadi. Bu vaqtda Oy botayotgan bo‘ladi, shuning uchun uning yorqin nurlari sayyoralar paradini oddiy ko‘z bilan kuzatishga xalal bermaydi.

Nashr ta’kidlashicha, Quyosh tizimidagi sakkizta sayyora ishtirokidagi paradni 2161-yil 19-maydagina ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Теги: 31-yanvar kuni O‘zbekiston aholisi

Всего комментариев: 1
avatar
1 DJ_BeGZoDBeeK • 16:59, 26 Янв 2016
E rostan ham shundaymikan. 5ta sayyora korinamikane
avatar