Главная » Сўнгги хабарлар

Новости


Yulduz Bo'lmoqchimisiz? Siz Uchun Kasting


Diqqat Kasting!!!
DioProd prodyusserlik markazi 18-25 gacha bo'lgan iste'dodli yigit va qizlarni taklif etadi. Kasting 15-noyabr kuni DioMedia studiasida o'tkaziladi. Ma'lumot uchun tel: ... Читать дальше »


Akhmad | 14 Окт 2015 (20:50) | 1868 | | 0


Rossiyaliklar sanksiyaga uchragan mahsulotlarni internet orqali buyurtma qilishi mumkin bo‘ldi


Rossiyalik xaridorlar yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi internet xizmatlar orqali Yevropa yoki AQShdan sanksiyaviy mahsulotlarni buyurtma qilishi mumkin. Bu Rossiyaga chet el internet do‘konlaridan mahsulot keltirib beruvchi Shopfans servisi Federal bojxona xizmatiga yuborgan so‘rovga javoban berilgan izohdan ma’lum bo‘ldi.

Hujjatda ko‘rsatilishicha, ba’zi turdagi mahsulotlar importiga qo‘yilgan taqiq jismoniy shaxslar shaxsiy ehtiyoji uchun keltiradigan tovarlarga nisbatan amal qilmaydi. Buyurtma qilingan mahsulot shunday tovarlar sifatida hisoblanishi uchun, xaridor “jismoniy shaxsning ko‘chiriladigan tovarlar haqidagi arizasi”ni taqdim etishi kerak.

News | 14 Окт 2015 (14:34) | 419 | | 0


Apple kompaniyasi iMac stol kompyuterlarini yangiladi


13-oktabr kuni Apple kompaniyasi iMac stol kompyuterlarining yangilangan seriyasini rasman taqdim etdi.

Unda asosiy yangilik 21,5 dyuymli modifikatsiya bo‘lib, u birinchi marta 4K (4096×2304) pikselli Retina IPS-displeyga ega bo‘ldi.

27 dyuymli Apple iMac ekranining pikseli avvalgi holicha qolgan bo‘lsa-da, ranglar qamrovi kengaydi.

Shuningdek, 21,5 dyuymli iMac’ga beshinchi avlod Intel Core oilasidagi CPU asos bo‘ldi, 27 dyuymli iMac’ga esa yangi Skylake chiplari o‘rnatildi.

Yangilangan iMac’larning barchasiga 2 va 3 terabaytli Fusion Drive gibrid “omborxona”larini o‘rnatish mumkin. Shuningdek, muqobil sifatida 24 Gb flesh xotira va 1 Tb qattiq diskni tanlash mumkin.

Monobloklar bilan bir qatorda, Apple ular bilan komplekt holda taqdim etiladigan Magic aksessuarlari — Magic Keyboard klaviaturasi, Magic Mouse 2 sichqonchasi va Magic Trackpad 2 trekpedini namoyish qildi.

News | 14 Окт 2015 (14:31) | 462 | | 0


Google kompaniyasi Google.com domenini sotib olgan yigitni mukofotladi


2015-yilning 28-sentabrida Google.com domenini tasodifan sotib olgan Sanmey Vedni Google kompaniyasi xatolikni aniqlagani uchun mukofotladi, deya xabar bermoqda Business Insider. Yigit aniq summani aytmadi, biroq mukofot puli 10 ming dollardan ziyodligini ta’kidladi.

Ved esa barcha mablag‘ni Hindistonning eng qashshoq hududlarida ta’lim huquqi uchun kurashadigan The Art of Living India tashkilotiga xayriya qildi.

Eslatib o‘tamiz, Ved Google Domains servisi orqali yangi domen qidirayotganida tasodifan Google.com domeni bo‘sh ekanligini payqab qoladi (tizimdagi xatolik tufayli) va 12 dollar evaziga uni xarid qiladi. Shundan so‘ng Sanmeyga Google.com domeni egasi ekanligini tasdiqlovchi elektron xat keladi.

Vedning ta’kidlashicha, bir daqiqa davomida saytni boshqarish huquqiga ega bo‘lgan. Bu muddat o‘tgach, Google Domains oldi-sotdini bekor qiladi va xaridorga pulini qaytaradi.

News | 14 Окт 2015 (14:28) | 459 | | 0


“O‘zbektelekom” provayderlar uchun internet-xizmatlar tariflarini pasaytirdi


“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi 2015-yil 9-oktabrdan O‘zbekiston provayderlari uchun tashqi kanal internet-xizmatlari tariflarini 1 Mbit/s uchun 199,68 dollargacha pasaytirganligini ma’lum qildi.

Joriy yilda tariflar bungacha ham bir necha marta: 1-yanvardan 1 Mbit/s uchun 259,29 dollargacha, 7-yanvardan 257,42 dollar, 8-yanvardan 253,74 dollar, 22-yanvardan 251,94 dollar, 27-fevraldan 240,2 dollar, 17-martdan 233,27 dollar, 2-iyundan 219,01 dollar, 11-iyundan 206,97 dollar, 1-iyuldan 205,12 dollar, 22-iyuldan 204,01 dollar, 3-avgustdan 202,9 dollar, 1-oktabrdan 201,83 dollargacha arzonlashtirildi.

News | 14 Окт 2015 (14:26) | 516 | | 0


Pepsi o‘z brendi ostida smartfon ishlab chiqaradi


Bu haqdagi ma’lumot va uning suratlari Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida paydo bo‘ldi. Gadjet P1 nomini oldi.

Qurilma 20-oktabrda taqdim etiladi. Pepsi smartfoni 200 dollar atrofida narxlanadi. Shunga qaramasdan, P1 smartfoni 1920 x 1080 pikselli 5,5 dyuymli ekran hamda 13 va 5 megapikselli ikkita kameraga ega. Bundan tashqari, smartfon korpusi metalldan ishlanadi.

“Pepsifon”ga 64 bitli MediaTek MT6592 protsessori o‘rnatiladi. U 2 Gb tezkor va 16 Gb ichki xotiraga ega bo‘ladi.

News | 14 Окт 2015 (14:24) | 477 | | 0


O‘zbek shou-biznesida nima gaplar?


Yulduz Usmonovadan yangi turkcha albom

O‘zbek estradasining primadonnasi Yulduz Usmonova Turkiyadagi muxlislari uchun navbatdagi yangi turkcha “Hayat Bana Ask Borcun Var” nomli albomini chiqardi. Albom o‘nta trekni o‘z ichiga olgan. Albomdan Yashar bilan ijro etilgan “Vur-vur” duet qo‘shiq ham joy olgan. U Turkiyaning barcha musiqa do‘konlarida sotuvga chiqqan.

Shuningdek, xonanda “Toshkent” taronasi uchun klip suratga oldirdi. Syomka ishlari So‘qoq qishlog‘ida bo‘lib o‘tdi.

Ulug‘bek Rahmatullayevdan yangi tarona

Ulug‘bek Rahmatullayev noyabr oyidagi konsert dasturiga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda. Undan tashqari, xonanda ijod qilishdan to‘xtamay, tez orada muxlislari talabiga binoan “Qaytar dunyo” taronasini premyera qilish arafasida.

Aziza Nizomova nimalar bilan band?

Turkvizyon 2014 musiqiy tanlovining ishtirokchisi Aziza Nizomova ham qizg‘in ijod bilan band. Aziza tez orada Moskva shahriga kastingga yo‘l ... Читать дальше »

News | 14 Окт 2015 (14:22) | 875 | | 0


Amazon India xaridorga 340 dollarlik smartfon o‘rniga g‘isht jo‘natdi


Hindistonlik Maninder Valia o‘zining Facebook’dagi sahifasiga g‘isht parchasining suratini joylashtirdi — muallifning qayd etishicha, buni unga Amazon kompaniyasining mahalliy bo‘linmasi OnePlus One smartfoni o‘rniga yetkazib bergan.

TechTimes nashrining qayd etishicha, g‘isht qurilmaning original qutisi ichida bo‘lgan, ayni vaqtda jo‘natmaning qadog‘ida pochta tasmasi qirqilganini bildiruvchi belgilar ochiq ko‘rinib qolgan.

Aslida g‘isht o‘rnida qiymati 340 dollarga teng, ichki xotirasi 64 gigabaytga teng qora rangli OnePlus One smartfoni bo‘lishi kerak edi. Amazon India vakillari o‘g‘irlikni amalga oshirgan shaxsni izlab topishga va’da berdi.

News | 14 Окт 2015 (14:18) | 416 | | 0


“O‘zavtosanoat” GM Uzbekistan Sonic va Impala avtomobillarini ishlab chiqarishi haqidagi xabarlarni rad etdi


O‘zbekistonning turli OAVlari va “Gm-uzbekistan.com” nashrida 2016-yildan boshlab GM Uzbekistan Spark, Captiva va Malibu avtomobillarini ishlab chiqarishni to‘xtatishi, ularning o‘rnini Sonic, Tracker va Impala modellari egallashi haqida xabarlar berildi.

“O‘zavtosanoat” Axborot xizmati Asakadagi zavodda Sonic va Impala avtomobillari ishlab chiqarilishi haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi haqida “Daryo”ga ma’lum qildi.

Bundan tashqari, Spark, Captiva va Malibu avtomobillarini ishlab chiqarish to‘xtatilishi haqidagi ma’lumotlar ham tasdiqlanmadi.

Chevrolet Tracker modelini esa kelajakda ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Oldinroq GM Uzbekistan Chevrolet Tracker’ni O‘zbekiston iqlimiga qanchalik mos ekanligini aniqlash maqsadida sinovdan o‘tkazganini xabar bergan edik.

News | 14 Окт 2015 (14:16) | 629 | | 0


TechNovator XE — smartfonni havo orqali quvvatlaydigan g‘aroyib qurilma


Hozirgi kunda kimnidir simsiz smartfon «zaryadkasi» bilan hayron qoldirish qiyin. Lekin bu qurilmalarning bitta umumiy o‘xshashligi bo‘lib, ular qurilmaga yaqin joyda turgan bo‘lishi lozim. Buning ustiga quvvat olish vaqtida smartfon egasi o‘z qurilmasidan to‘liq foydalana olmaydi.

TechNovator kompaniyasi, bu muammoni yechishga qaratilgan, kelajagi porloq deb atash mumkin bo‘lgan XE nomli qurilmani yaratdi. Bu qutilma deyarli huddi Wi-Fi routerdek ishlaydi, lekin Wi-Fi signalni emas elekrt energiyasini uzatadi. Qurilma joylashgan xonaga kirgandan so‘ng smartfoningizni cho‘ntagingizdan yoki sumkangizdan chiqarishingiz shart emas. Gadjetni undan foydalanayotgan vaqtingizda yoki o‘yinlar o‘ynayotgan vaqtingizda quvvatlantirib olaverasiz.

Quvvatlashdan avval smartfonga XE bilan mos tushadigan maxsus g‘ilofni kiydirish lozim bo‘ladi. U, elekrt energiyasini qabul qilish vazifasini bajaradi. Kompaniya hozircha faqatgina iPhone 6 va iPhone 6 Plus uchun g‘iloflarni taq ... Читать дальше »

News | 13 Окт 2015 (14:07) | 594 | | 0


« 1 2 ... 305 306 307 308 309 ... 356 357 »