Главная » Сўнгги хабарлар

Новости


Germaniyalik muhandislar Chevrolet Corvette’ni takomillashtirdi


Germaniyaning Callaway Competition kompaniyasi Corvette C7 GT3-R poyga avtomobilining maxsus versiyasini namoyish etdi. Hiconsumption xabariga ko‘ra, avtomobil Germaniyadagi Xokkenxaymring poyga maydonida sinovdan o‘tkazildi.

Manba avtomobilning texnik xususiyatlari haqida ma’lumot bermagan, ammo mashina kapoti ostida hajmi 6,2 litr, quvvati 600 ot kuchiga teng dvigatel mavjudligi ma’lum. Dinamik xususiyatlari ham hozircha sir tutilmoqda, lekin Callaway Competition vakillari avtomobil ular kutganidan ham afzal bo‘lganini tasdiqlagan. Avtomobil o‘zining birinchi poygasini keyingi yili o‘tkazishi kutilmoqda.

Avtomobilning tashqi ko‘rinishini tayyorlashda kanadalik dizayner Pol Doychman qatnashgan. Kupe-modelga karbon spoyler, diffuzor, antiqanot va g‘ildirak arkalarini kengaytirgich o‘rnatilgan.

Ma’lumot uchun, Callaway Competition kompaniyasi GT3 tasnifiga kiruvchi zamonaviy poyga mashinalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

News | 13 Окт 2015 (14:04) | 526 | | 0


Toshkent ko‘chalarida 3D-“zebra” chizishni taklif qilishdi


Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a’zolaridan biri Toshkent ko‘chalaridagi piyodalar o‘tish joyini 3D ko‘rinishida belgilab qo‘yishni taklif qildi. Muallif o‘z g‘oyasini namunaviy surat bilan namoyish etdi.

Postga ilova qilingan suratda Toshkent ko‘chalaridan birida 3D shaklidagi “zebra” chizilganini ko‘rish mumkin.

Fikr bildirganlarning ko‘pchiligi g‘oyani kinoya bilan qabul qilgan. Kimdir buning o‘rniga yo‘llarni tekislash muhimroq ekanligini aytgan bo‘lsa, boshqalar bunday tashabbus bir necha yuz yillardan keyingina amalga oshishini pisanda qilgan.

News | 13 Окт 2015 (14:02) | 608 | | 0


Yangi Qanot filmi (foto)


Rejisor: Soipxoja Maxmudov
Operator: Xayot
Bosh rollarda: Sarob, Umida Muqimova, Zokir Omon, Luiza Rasulova.
Rollarda: Jumadulla Tametov, Alisher Ataboyev, Maruf Otajanov, Farxod Abdullayev, Mexmon Abdusalimov, Norposha Xasanova, Odina, Munojat Alimova, Zafar Ruziyev va boshqalar ishtirok etgan.


Kino real xayotdan olingan bo’lib syomka jarayonlari yurtimizning Toshkent shahri, Qo’qon, Sirdaryo, Jizzax, Toshkent viloyatlarida bo'lib o'tdi.

 

Saytimiz orqali siz birinchilardan bo'lib kinoning ish jaroyonlaridan olingan qaynoq foto suratlarni kuzatishingiz mumkin bo'ladi,

 

Film Tez kunlarda Yurtimiz kinoteatrlarida keng omma e'tiboriga havola qilinadi. Xozirda esa siz film ish jarayonidagi suratlarga qarab o'z bahoingizni bering.

 


News | 12 Окт 2015 (21:04) | 2004 | | 0


Xitoyning Poly Group korporatsiyasi O‘zbekistonda kauchuk zavodi qurishga kirishdi


Xitoyning Poly Group korporatsiyasi “Angren” maxsus industrial zonasida kauchuk zavodi qurishga kirishdi.

Korporatsiya salkam 6 yil davom etgan muzokaralardan so‘ng O‘zbekistonda kauchuk zavodi qurish uchun sherik sifatida tanlangan edi: 2014-yil avgustida “O‘zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyati va Poly Group o‘rtasida salkam 184 million dollarlik sharnoma imzolandi.

Mazkur shartnomaga binoan korporatsiya har yili yengil mashinalar uchun 3 millionta pokrishka, 200 000 ta qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan diagonal shinalar, shuningdek, uzunligi 100 000 metr transporter lentalar ishlab chiqaradigan zavod qurishi va foydalanishga topshirishi ko‘zda tutilgan.

O‘tgan yil oktabrida korporatsiya mutaxassislari O‘zbekistonda ikki hafta bo‘lib, qurilish rejalarini muhokama qilgan, dekabrda esa prezident Islom Karimovning “Angren” MIZ hududida kauchuk zavodi qurish to‘g‘risidagi farmoni e’lon qilingan edi.

News | 12 Окт 2015 (17:27) | 561 | | 0


Toshkentlik oshiq sevgan qiziga dunyodagi eng katta guldastani yubordi


Facebook’ning “Voditeli Tashkenta” guruhiga joylangan ushbu guldastaning surati ostiga 300 ga yaqin izoh qoldirilgan.

Muhokamada qatnashgan ayollarning aksariyati erkakning bu ishini qo‘llab-quvvatladi. Ular guldastaga sarflangan pulga emas, yigitning mardonavor ishiga baho berishga chaqirdi.

“Guldastada kamida 1000 ta atirgul bor. Bitta atirgulning narxi o‘rtacha besh ming so‘mdan hisoblanganda, guldasta uchun besh million so‘m sarflangan. Evakuator uchun ham 50—100 ming so‘m ketgan. Endi o‘ylab ko‘ring-chi, bu pullarga nimalar xarid qilish mumkin edi…”, — deb yozadi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri.

News | 12 Окт 2015 (17:25) | 1225 | | 0


Shveysariyada dunyodagi eng murakkab mexanizmga ega soat yaratildi


Shveysariyaning Vacheron Constantin kompaniyasi dunyodagi eng murakkab mexanizmga ega soat yaratdi. Buning uchun sakkiz yil vaqt ketdi.
Yangilik Reference 57260 deya nomlangani bejiz emas — soat 57 ta qiyin vazifani bajara oladi va 2826 ta detalldan tashkil topgan. U xususiy kolleksiya uchun buyurtma asosida tayyorlangan. Mexanizmning murakkabligi buyurtma xususiyati bilan bog‘liq: kolleksioner soat kechki 10 dan ertalabgi 8 gacha umuman ovoz chiqarmasligini so‘ragan, siferblatda esa kun va tun indikatorlari, osmon diagrammalari, kalendar va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘lishi kerak edi.

Vacheron Constantin ustalarining aytishicha, ularning mahsuloti 33 ta vazifani bajargan 1989-yilgi Patek Phillipe soati rekordini yangilagan. Korpusi 18 probali tilladan tayyorlangan bu mo‘jizaning narxi 10 million dollarga baholanmoqda.

News | 12 Окт 2015 (17:22) | 624 | | 0


Havoda 830 metrga ko‘tarilgan suv raketasi jahon rekordini o‘rnatdi


Janubiy afrikalik olimlar va talabalar hech qanday yoqilg‘i yoki yonuvchi suyuqliklarsiz, bir marta siqilgan havo energiyasi bilan suv (pnevmogidravlik) raketasini havoda 830 metrgacha ko‘tarishga erishdi. Gizmodo’ning xabar berishicha, shunday qilib 2007-yil AQShda o‘rnatilgan avvalgi rekord (623 metr) ortda qoldirildi.

Raketa minimal budjet asosida oddiy detallardan tayyorlangan. Qurilma og‘irligi atigi bir yarim kilogramm bo‘lsa-da, bort kompyuteri, videokamera, parashyut va raketani harakatga keltirish tizimi bilan ta’minlangan.

Uchirish vaqtida raketa 550 kilogramm kuch ishlab chiqardi (bu o‘rta kattalikdagi avtomobilni ko‘tarish uchun yetarli kuch) va yarim soniyadan kamroq vaqt ichida soatiga 550 kilometrlik tezlikka erishdi (bunday tezlik bilan u futbol maydonini soniyaning to‘rtdan uch qismida kesib o‘tishi mumkin).

News | 12 Окт 2015 (17:19) | 466 | | 0


Internetda Ravon brendi reklama roligi paydo bo‘ldi


GM Uzbekistan kompaniyasi 8-oktabr kuni Moskvada taqdim etgan yangi Ravon brendining reklama roligi paydo bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, GM Uzbekistan kompaniyasi 8-oktabr kuni Moskvada Uz-Daewoo o‘rniga kelgan yangi Ravon brendi taqdimotini o‘tkazgan edi. Endi o‘zbekistonlik avtomobil ishlab chiqaruvchining mahsulotlari xorijda shu brend ostida sotiladi.

News | 12 Окт 2015 (17:17) | 605 | | 0


Мияни чархлаш учун Стив Жобсдан 6 машқ


Доимий равишда ақлий меҳнат билан шуғулланадиган киши учун фикрлаш тезлиги ҳар доим ҳам юқори даражада бўлавермайди.

Машҳур Стив Жобс мияни чархлаш учун ўзига хос машқлар билан шуғулланган. У ўз биографи Уолтер Айзексонга медитациянинг самараси ҳақида ёзиб, унинг мия учун нақадар фойдали эканлигини таъкидлаган.

Айзексон Стив Жобс шуғулланган машқлар ҳақида шундай маълумот беради.

1-машқ

Оёқларингизни чалиштириб, ҳеч ким халал бермайдиган тинч жойда ўтиринг. Чуқур нафас олинг.

2-машқ

Кўзларингизни юминг ва миянгизда чарх ураётган фикрларга қулоқ солинг: иш, уй, телевизор...  Булар миянгиздаги «саркаш онг»га тегишли бемаъни фикрлар. Уларни тўхтатишга уринманг. Шунчаки онгингиз у фикрдан бу фикрга ўтишини кузатинг. Бу машқни кунига 5 дақиқадан бир ҳафта давомида бажаринг.

3-машқ

Фикрлар айланишини тўхтатмаган ҳолда диққатингизни «иродавий онг»га қаратинг. «Иродавий онг» ҳеч нарсага ... Читать дальше »


Akhmad | 12 Окт 2015 (00:46) | 462 | | 0


Россияда ўзбекистонлик муҳожир баланд жойдан йиқилиб, омон қолди


Россиянинг Всеволожск тумани, Токсовск аҳоли яшаш пункти, Новое Токсово шаҳарчасида ўзбекистонлик муҳожир баланд жойдан йиқилиб, бош суяк чаноғини синдириб қўйди ва шу ҳолича шифохнага қадар боришга муяссар бўлди.

38 ёшли Ғолибжон И 9 октябрь, кечки 19-00 да ўзи мустақил равишда Токсовск туман шифохонасига борди. Ўзбекистон фуқаросини мия шикастланиши, бош суягини очиқ жароҳатланиши ташхиси билан кататравма бўлимига шошилинч ётқизишди. Врачлар унинг ҳолатини оғир дейишмоқда.

Маълумотларга қараганда,эркак шаҳарчадаги кўп қаватли бинолардан биридан қулаб тушган. Бошидан олган жароҳатга қарамай,у шифохонага мустақил равишда етиб келган.


Akhmad | 12 Окт 2015 (00:45) | 464 | | 0


« 1 2 ... 306 307 308 309 310 ... 356 357 »