Главная » 2015 » Июль » 13

Afg‘oniston sharqida jangarilar qizlar maktabini portlatib yubordi


  • Admin
  • 13 Июл 2015(19:37)
  • 430
  • 0

Afg‘oniston sharqidagi Nangarxar viloyatida jangarilar qizlar maktabi binosini portlatib yubordi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Viloyat ta’lim boshqarmasi vakilining ma’lum qilishicha, o‘tgan oqshom Shiva uyezdida qurollangan kishilar maktabni portlatib yuborgan. Portlash natijasida o‘quv muassasasining binosi deyarli to‘liq vayron qilindi, bino ichidagi o‘quv materiallari va hujjatlar yo‘q qilindi.

Maktabda 850 nafar qiz o‘qitiladi. Halok bo‘lganlar va jabrlanganlar haqida ma’lum qilinmadi. Hozirgacha hech bir guruh yuz bergan hodisa uchun javobgarlikni bo‘yniga olmadi.

Теги: Afg‘oniston sharqida jangarilar qiz

Всего комментариев: 0
avatar