Главная » 2015 » Ноябрь » 13

Aktrisa Nargiza Salmonova xonanda Shohruhxon bilan munosabatlariga oydinlik kiritdi


  • News
  • 13 Ноя 2015(13:22)
  • 1422
  • 0
Aktrisa Nargiza Salmonova “So‘g‘diyona” gazetasiga bergan intervyusida san’atkorlar bilan yaxshi munosabatda ekanligini aytib o‘tdi.

“San’atkorlar bilan yaxshi munosabatdaman. Nima uchundir ijtimoiy tarmoqqa taniqli yigit va qiz birga tushgan suratini joylashtirsa, kuzatuvchilar ularni sevishganga chiqaradi”, — dedi aktrisa.

“Men gap-so‘zlardan qo‘rqaman. Turmushga chiqmagan qizning atrofida turli mish-mishlar bolalashi yaxshimas-da. Shohruhxon bilan do‘stmiz. Uni hurmat qilaman. Samimiyatni yo‘qotmagan inson”, — deya qo‘shimcha qildi Nargiza Salmonova.

Ayni vaqtda, aktrisa orzusidagi turmush o‘rtog‘i qanday bo‘lishi kerakligi haqida ham o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Dugonalar bilan birga hammamiz o‘zimizcha orzu-havasga berilardik. Bo‘ylari uzun, kelishgan, harbiy xizmatni o‘tagan yigit bo‘lsa, derdim. Hozir esa oilaparvarlik, vafodorlik sifatlarini muhimroq sanayman”, — dedi yosh aktrisa.

Avvalroq, Nargiza Salmonova “Artist” serialida suratga tushish ishlari sabab 7 kilogrammga semirgani haqida xabar berilgandi.
Всего комментариев: 0
avatar