Главная » 2015 » Июль » 13

Aktrisa Shahzoda Muhamedova uni “o‘ynash”ga chiqargan saytni sudga berdi


  • Admin
  • 13 Июл 2015(19:41)
  • 1433
  • 0

Aktrisa Shahzoda Muhamedova uni “o‘ynash” deya ayblagan “Shok.uz” caytini sudga berdi. Bu haqda “Kun.uz” xabar bermoqda.

“Darakchi” nashri xabariga ko‘ra, shou-biznes yangiliklarini yoritib boruvchi mazkur sayt “Aktrisaning ajrashgan eriga bankir bilan yurgan boshqa aktrisa o‘ynash bo‘lib oldi” sarlavhali maqola e’lon qilgan.

Maqolada garchi Shahzoda Muhamedovaning nomi tilga olinmagan bo‘lsa-da, ammo aynan aktrisaga tegishli ishoralar bilan fikr bildirilgan.

“Yana tuhmat, yana mish-mish… Avvaliga bir aktyorga, so‘ng yoshi kattaroq bir bank xodimiga tenglashtirdi. “Shok.uz” sayti nafaqat meni, balki boshqa hamkasblarimni ham g‘iybat qilib, obro‘sini to‘kib kelayotgani uchun javob beradi”, — deydi Shahzoda Muhamedova.

loading...
Всего комментариев: 0
avatar