Главная » 2015 » Февраль » 27

Alisher Uzoqov o‘zining “Kuzda gullagan daraxt” filmini taqdim etdi


  • Admin
  • 27 Фев 2015(18:24)
  • 1224
  • 0

Taniqli aktyor va rejissyor Alisher Uzoqov o‘zining uzoq davom etgan ijodiy tanaffusidan so‘ng kinosevar muxlislar uchun yangi filmini taqdim etdi, deb xabar beradi “iLife.uz”


26-fevral kuni Toshkentning Royal Cinema kinoteatrida mazkur “Kuzda gullagan daraxt” filmining yopiq premyerasi bo‘lib o‘tdi. Charos va Doniyorning alamli iztiroblardan holi bo‘lmagan sof va baxtli muhabbat qissasi haqida hikoya qiluvchi mazkur kinokartinada kutilmaganda tomoshabin vujudini jumbushga keltiruvchi sahnalarning mavjudligi uning muvaffaqiyati uchun xizmat qilgan.

Chin muhabbat, sadoqat, odamiylik tuyg‘ulari, inson hayotining jamiki moddiyatlardan ustun turishi haqiqatini yorituvchi ushbu film Alisher Uzoqov ssenariysi asosida postanovkachi operator Izzatilla Lutfullayev, postanovkachi rassom Dilshod Nuriddinov tomonidan suratga olingan. Bosh rollarni Ra’no Shodiyeva, Ziyoda Hudoyqulova, Alisher Uzoqov; rollarni Bobur Yo‘ldoshev, Shahzoda Matchonova, Farhod Abdullayev va Ra’no Yarasheva ijro etgan.

Drama janrida yaratilgan “Kuzda gullagan daraxt” filmining premyeraoldi namoyishida film ijodkorlari, el suygan san’at va madaniyat namoyondalari ishtirok etdi.

Filmni 27-fevraldan O‘zbekiston kinoteatrlarida tomosha qilishingiz mumkin.

Теги: Alisher Uzoqov o‘zining “Kuzda gull

Всего комментариев: 0
avatar