Главная » 2015 » Декабрь » 21

Amerika internetidagi eng ommabop avtomobillar reytingida Chevrolet Malibu birinchi bo‘ldi


  • News
  • 22 Дек 2015(00:58)
  • 530
  • 0
Google kompaniyasi AQShdagi eng ommabop qidiruv so‘rovlariga bag‘ishlangan yillik hisobotini e’lon qildi. “Avtomobil modellari” turkumida birinchi o‘rinni Chevrolet Malibu sedani egalladi.

Malibu, bundan tashqari, “Shimoliy Amerikadagi yilning eng yaxshi yengil avtomobili va yo‘ltanlamasi” tanlovi finalchilari qatoridan o‘rin oldi. Avtomobilning yangi avlodi taqdimoti 2015-yil aprelida bo‘lib o‘tgandi va amerikalik mutaxassislar tomonidan yaxshi baholangan edi.

Google’dagi eng ommabop so‘rovlar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni yangilangan Chevrolet Silverado pikapi egalladi. Avtomobil iyul oyida yangilangan edi — tashqi ko‘rinishiga kosmetik o‘zgartirish kiritilgan, multimedia majmuasi esa takomillashtirilgan.

Amerika internetida eng ko‘p so‘ralgan avtomobillar uchligini Toyota Tacoma pikapi to‘ldirgan. Mazkur model restaylingi 2015-yil yanvarida bo‘lib o‘tgandi. Avtomobilning old qismi to‘liq yangilangan, shuningdek, 4Runner yo‘ltanlamasining 276 ot kuchiga ega dvigateli bilan ta’minlangan.

Amerikadagi Google’da eng ko‘p qidirilgan avtomobillar o‘nligi

1. 2016 Chevrolet Malibu
2. 2016 Chevrolet Silverado
3. 2016 Toyota Tacoma
4. 2016 Chevrolet Camaro
5. Honda HR-V
6. FIAT 500X
7. Jeep Renegade
8. Chevrolet Colorado
9. Lexus NX
10 Hyundai Tucson

Теги: Amerika internetidagi eng ommabop a

Всего комментариев: 0
avatar