Главная » 2015 » Декабрь » 19

Amerikada yilning eng yomon avtomobillari nomi e’lon qilindi


  • News
  • 19 Дек 2015(23:47)
  • 699
  • 0
AQShning Consumer Reports nashri 2015-yilning eng yomon avtomobillari ro‘yxatini e’lon qildi. Jurnalistlar va ekspertlar o‘zlari sinovdan o‘tkazgan avtomobillar ro‘yxatini tuzgan.

Consumer Reports jurnalistlari testlar davomida avtomobillarni ko‘plab parametrlar bo‘yicha baholab, mashinalarni 100 ballik tizimda baholab chiqadi. Eng yomon avtomobillar ro‘yxatidan shumoizolatsiyasi yaxshi bo‘lmagan, yonilg‘i sarfi yomon va boshqa parametrlar bo‘yicha ko‘rsatkichi past avtomobillar o‘rin olgan.

Testlar yakuniga ko‘ra, Toyota Yaris xetchbeki 47 ball to‘plagan. Consumer Reports mutaxassislari salonning torligi, shumoizolyatsiyasi yaxshi emasligi va haydovchining o‘rni noqulayligini qayd etib o‘tgan. Bundan tashqari, jurnalistlar avtomobilning dinamik ko‘rsatkichlaridan noligan, shuningdek, “Yaris”ning AQShdagi barcha raqobatchilari olti bosqichli uzatmalar qutisini taklif qilayotgan bir vaqtda, Toyota mazkur modelni to‘rt bosqichli uzatma bilan chiqargani ham salbiy kutib olingan.

Scion markasining tC kupesi (bu ham Toyota’ga tegishli) 44 ball oldi. Consumer Reports avtomobilning harakati bir maromda emasligi, osmalari haddan tashqari qattiqligi, ruli og‘irligi, shumoizolyatsiyasi yaxshi emasligi va haydovchi o‘rni noqulayligini qayd etib o‘tgan.

Mitsubishi i-MiEV elektrokari esa 35 ball to‘plagan. Avtomobil yo‘lda harakatlanish borasidagi ko‘rsatkichlari pastligi, dinamik xarakteristkalari yomonligi va interyerining eskirgani sabab past bahoga loyiq ko‘rilgan.

Mitsubishi’ning yana bir modeli — Mirage xetchbeki Consumer Reports sinovlarida 29 ball to‘pladi. Avtomobil uch silindrli dvigatelidan chiqayotgan shovqin va boshqaruvning yomonligi sabab salbiy baholandi.

2015-yil yakunlariga ko‘ra, Consumer Reports’ning eng past ballari Jeep Wrangler Unlimited yo‘ltanlamasiga “nasib etdi” — model atigi 20 ball oldi. Sinovchilarning fikricha, yo‘ltanlamasning boshqaruvi yomon, shuningdek, yonilg‘i sarfi juda ko‘p. Sinovlar vaqtida avtomobil 100 kilometr masofani bosib o‘tish uchun 14 litr yonilg‘i sarflagan.
Всего комментариев: 0
avatar