Главная » 2016 » Март » 4

Amerikalik futbolchi ayol miyasini olimlarga vasiyat qildi


  • voydodaxek
  • 04 Мар 2016(12:06)
  • 448
  • 0

Amerikalik futbolchi ayol, ikki karra jahon chempioni Brendi Chesteyn o‘z vasiyatiga miyasi ilmiy tadqiqotlar maqsadida qo‘llanilishiga ruxsat berishi haqidagi bandni kiritdi. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda.

Vasiyatga ko‘ra, ayolning vafotidan so‘ng uning miyasi Boston universitetiga topshiriladi. U yerda olimlar to‘pning muntazam ravishda boshga urilishi oqibatlarini o‘rganishda miyadan foydalanadi va bu material asosida bosh miya surunkali tramvatik ensefalopatiyasi diagnostikasi va davolash yo‘llarini qidiradi.

“Men bu borada mas’uliyat his qilyapman. Odamlar ‘U rostdan ham ayollar futboli uchun, kelajak avlod uchun nimadir qildi’, deyishini istayman. Balki tadqiqot natijalari kimgadir foyda berar, kelajakda bolalarni qutqarishda qo‘l kelar”, — deb o‘z qarorini tushuntirdi Chesteyn.

loading...
Всего комментариев: 0
avatar