Главная » 2016 » Февраль » 5

Amerikalik onaning egizak qizlari bilan tushgan surati internetni larzaga keltirdi


  • voydodaxek
  • 05 Фев 2016(23:18)
  • 1122
  • 0

Amerikalik onaning egizak qizlari bilan tushgan surati internetni larzaga keltirdi. Gap shundaki, foydalanuvchilar suratda kimning kim ekanligini aniqlay olmay halak, deyaxabar beradi “Gazeta.ru”.

Yanvar oyi oxirida Keylan Maxoms Twitter’da oilaviy suratni joylashtirdi va unga “Oyim, egizagim va men”, deya izoh qoldirdi. Hozirgacha u 31 mingdan ziyod “layk” to‘plashga ulgurdi.

CNN ushbu suratni “Ularning uchchalasi ham egizakka o‘xshaydi” deb sharhladi va foydalanuvchilar unda aks ettirilganlardan qay biri ona ekanligi ustida bosh qotirayotganini bildirdi.

To‘satdan mashhur bo‘lib ketgan Indianapolisda yashovchi oila Instagram’da hamsahifa ochdi. Undagi izohlardan biri bu uchlikdan kim egizaklarning onasi ekanligini taxmin qilishga imkon beradi.

Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar