Главная » 2015 » Декабрь » 9

Amerikalik uysiz erkak lotereyada yarim million dollar yutib oldi


  • News
  • 09 Дек 2015(21:34)
  • 467
  • 0
AQShning Kolorado shtatida uysiz Maykl Ingfors Eternal splendor lotereyasida 500 ming dollar yutib oldi. U Aspen shahridagi yoqilg‘i quyish shoxobchalaridan birida 10 dollarga lotereya chiptasi sotib olgandi.

“Men undan endi nima bilan shug‘ullanishi haqida so‘radim. U oyoqqa turishi lozimligi va 20 yildan beri ko‘rmagan qizi bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘yish niyatida ekanini bildirdi”, — deya hikoya qildi mahalliy boshpanasizlar uyi vakili Jeremi Kovalis.

Amerikalikning olti yildan beri o‘z uyi yo‘q. U shu paytga qadar ichkilikbozlik, biznesini yo‘qotish va turmush o‘rtog‘i bilan ajrimni boshidan kechirgan.

500 ming dollar Eternal splendor lotoreyasidagi eng katta yutuq bo‘lib, unga ega bo‘lish ehtimoli 840 mingtadan birga teng.

Теги: Amerikalik uysiz erkak lotereyada y

Всего комментариев: 0
avatar