Главная » 2015 » Ноябрь » 26

Amerikalik yigit sigareta portlashidan jarohat oldi, u nogiron bo‘lib qolishi mumkin


  • News
  • 26 Ноя 2015(14:01)
  • 634
  • 0
Yosh amerikalik yigitning qo‘lida elektron sigareta portlab ketdi. U jiddiy shikastlanishlar oldi, natijada bir umrga nogiron bo‘lib qolishi mumkin.

Kolorado universiteti talabasi Springsning umurtqa pog‘onasi va yuz suyagi sindi, u old tishlaridan ham ayrildi. Jarrohlar aytishicha, bemorning ahvoli barqaror, biroq u butun umr nogironlik aravachasidan tura olmasligi mumkin.

Tamaki do‘koni xodimi so‘zlariga ko‘ra, qurilma noto‘g‘ri yig‘ilgan. Elektron sigaretalar qismlarga ajratilgan holda sotiladi. Uni yig‘ish murakkab jarayon bo‘lib, buni o‘rganish kerak bo‘ladi. Sigaretaga o‘rnatilgan batareya ham o‘ta kuchli bo‘lgan, sig‘imi katta batareyaning o‘rnatilishi elektron sigaretaning portlashiga olib kelishi mumkin.
Всего комментариев: 0
avatar