Главная » 2015 » Ноябрь » 7

Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimiga o‘zbek tili qo‘shildi


  • News
  • 07 Ноя 2015(20:11)
  • 499
  • 0
Google’ning Android operatsion tizimining eng yangi versiyasi — Android 6.0 Marshmallow’da o‘zbek tili mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Android operatsion tizimining yangi versiyasi undan foydalanish jarayonini yaxshilashga qaratilgan qator imkoniyatlarga ega, chunonchi:

• dasturni nafaqat o‘rnatish vaqtida, balki qolgan boshqa paytlarda ham dasturning axborotni qo‘lga kiritishi ustidan nazorat kuchaytirildi;
• ovozsiz rejim, vibratsiya rejimi, shuningdek, har qanday ovozlarni o‘chiradigan yoki, foydalanuvchi tanloviga ko‘ra, faqat budilnik va bildirishnomalarni yoniq qoldiruvchi “Bezovta qilmang” rejimi paydo bo‘ldi;
• smartfon ishlatilmayotgan paytda ma’lum bir dasturlarning fonda ishlashini o‘chiradigan uyqu rejimi paydo bo‘ldi, u batareyaning ishlash davomiyligini ancha oshiradi.
loading...
Всего комментариев: 0
avatar