Главная » 2015 » Сентябрь » 18

Android foydalanuvchilari Apple’ning birinchi dasturini sovuq kutib oldi


  • News
  • 18 Сен 2015(10:59)
  • 474
  • 0
Android boshqaruvidagi qurilmalar egalari Google Play’da birinchi Apple dasturi paydo bo‘lganidan keyin darhol tajovuzkorona fleshmob uyushtirdi. Buni Google mobil dasturlar rasmiy do‘koni xaridorlarining fikrlaridan uqib olish mumkin.

Dasturga qo‘yilgan baholar ichida bitta yulduz (beshtadan) eng ko‘pidir. Bildirilgan fikrlarning ko‘pchiligi “Bitta yulduz qo‘yish uchun yuklab oldim”, “Yaxshisi foydaliroq narsa chiqarish kerak edi. Apple, App Store’ga yo‘qol” yoki “Nihoyat, hech qanday yo‘qotishlarsiz iOS’ga o‘taman” qabilidagi uch xil yo‘nalishda yozilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple ishlab chiquvchilari Android-qurilmalar foydalanuvchilarining iPhone va iPad’ga o‘tishini osonlashtirish maqsadida iOS operatsion tizimining to‘qqizinchi versiyasida paydo bo‘ladigan Move to iOS dasturini ishlab chiqqan edi.
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar