Главная » 2016 » Январь » 24

Android qurilmalari uchun o‘zbek tilida elektron kitob sotib olish imkoni paydo bo‘ldi


  • voydodaxek
  • 24 Янв 2016(17:01)
  • 2584
  • 0

Kitobim.uz” sayti Android qurilmalari uchun elektron kitoblar sotishni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda “Voydoda.com” xabar bermoqda.

 

Android smartfonlar uchun mo‘ljallangan Kitobim mobil dasturi orqali “Akademnashr” nashriyoti kitoblarining elektron versiyasini sotib olish mumkin.

Dasturning yangi versiyada telefon orqali ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati bor, shuningdek, Click, MBANK tizimlari orqali hisobni to‘ldirib, kitoblar sotib olish mumkin.

Mobil dasturda “Kutubxona”, “Ruknlar”, “Majmualar”, “Mualliflar”, “Mashhur kitoblar” bo‘limlari mavjud. Kitob va muallif nomini qidiruvga berib, elektron kitobni topish mumkin.

Hozirgi vaqtda dastur orqali o‘zbek tilidagi 51 ta kitobni sotib olish, 300 dan ortiq kitobni qulay holatda bepul mutolaa qilish, onlayn va oflayn rejimda foydalanish imkoni mavjud.

2012-yildan beri faoliyat yuritayotgan Kitobim loyihasi o‘zbek tilida zamonaviy qurilmalar uchun elektron kitoblarni jamlash va kitobxonlarga qulay o‘qish imkoniyatini yaratishni o‘z oldiga maqsad qo‘ygan.

Shuningdek, mualliflarga o‘z ijod namunalarini qonuniy asosda elektron tarzda taqdim etish evaziga ma’lum darajada moddiy manfaat olishlariga ko‘maklashish, kitobxonlarga sifatli, qulay va zamonaviy elektron kitoblarni sotib olishlari uchun yordam berish ham loyiha maslaklaridandir.

Теги: Android qurilmalari uchun o‘zbek ti

Всего комментариев: 0
avatar