Главная » 2015 » Ноябрь » 20

Android-smartfonlar Rossiyada iPhone’ni ortda qoldirmoqda


  • News
  • 20 Ноя 2015(19:52)
  • 357
  • 0
Android’dagi LTE-smartfonlar 2015-yilning uchinchi choragida Rossiyaning MTS uyali tarmog‘ida ro‘yxatdan o‘tgan gadjetlar soni bo‘yicha birinchi bor Apple qurilmalarini ortda qoldirdi.

MTS LTE-tarmoqlarida Android-smartfonlar ulushi joriy yilning uchinchi choragida oldingi chorakka nisbatan rekord ko‘rsatkich — 5 foizga ko‘payib, jami 50 foizdan oshdi. iOS ulushi chorak mobaynida 4, Windows Phone ulushi esa 1 foizga kamaygan. Yil hisobida olganda MTS LTE-tarmoqlarida Android-smartfonlar ulushi 9 foizga ko‘paygan.

MTS ortidan bozorning boshqa asosiy ishtirokchilari ham internet-gadjetlarga narxni pasaytirgach, LTE tarmog‘ida Android-smartfonlar miqdori sezilarli ravishda oshdi. Natijada 3-chorakda Rossiyada sotilgan barcha LTE-smartfonlarning (1,9 million qurilma) yarmidan ortig‘i (1 million) MTS tarmog‘ida paydo bo‘ldi.

Android-smartfonlar sotuvining aksariyatini Samsung, Sony, Alcatel va MTS brendlari ta’minlab bergan.
loading...
Всего комментариев: 0
avatar