Главная » 2015 » Сентябрь » 5

Android-smartfonlar uchun zerikishni aniqlaydigan ilova-dastur ishlab chiqildi


  • News
  • 05 Сен 2015(07:24)
  • 686
  • 0
Telefonica Research’ning Barselonadagi laboratoriyasi mutaxassislari Android operatsion tizimida ishlaydigan smartfonlar uchun gadjet foydalanuvchisi zerikayotganini aniqlay oladigan ilova-dastur ishlab chiqdi. Bu haqda tadqiqot rahbari Martin Pyelo o‘z saytida hisobot e’lon qilgan.

Algoritm foydalanuvchi smartfondan qanchalik ko‘p foydalanayotganiga asoslanib, xulosa chiqaradi. Taxminni bildirish oldidan turli qo‘shimcha omillar — kun qismidan tortib, so‘nggi qo‘ng‘iroq va xabarnomadan keyin qancha vaqt o‘tganiga qadar ma’lumotlar hisobga olinadi. Sinov natijalariga ko‘ra, 83 foiz holatda ilova-dastur foydalanuvchilarning zerikayotganini to‘g‘ri aniqlay olgan.

Algoritmni tekshirish uchun alohida tajriba o‘tkazildi. Ilova-dastur zerikayotgan foydalanuvchilarga BuzzFeed saytidan maqolalarning havolalarini yuborishga o‘rgatildi. Ma’lum bo‘lishicha, zerikayotgan foydalanuvchilar maqolalarni tasodifan topib olgan kishilarga nisbatan saytga tez-tez kirgan va u yerda ko‘proq vaqt sarflagan.

Manba: Daryo.uz
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar