Главная » 2016 » Август » 22

Angren O‘zbekistonning 21-avgustdagi eng salqin shahri bo‘ldi


  • Pro_eXclusive
  • 22 Авг 2016(17:16)
  • 292
  • 0
Toshkent viloyatining Angren shahrida 21-avgust, yakshanba kuni havo harorati +32 darajadan oshmadi. Bu, “O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra (pdf), O‘zbekistonning viloyat markazlari va yirik shaharlari orasida shu kuni qayd etilgan eng salqin havodir. O‘zbekistonning tog‘li hududlarida, odatdagidek, bundan-da salqinroq havo hukmronlik qilgan. Xususan, Chimyon yon-bag‘irlarida havo harorati +25 darajadan oshmagan, havo harorati +22 darajagacha ko‘tarilgan Qamchiq dovonida yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lgan. 21-avgust kuni O‘zbekistondagi eng issiq harorat Navoiy viloyatining Buzaubay qo‘rg‘onida qayd etilgan bo‘lib, bu yerda harorat +40 darajagacha ko‘tarildi. Mamlakatning yirik shaharlari orasida esa eng yuqori harorat Termizda qayd etildi (+38 daraja). Shu kuni Samarqand shahrida havo haroratining eng yuqori ko‘rsatkichi +34 darajani, Andijon, Namangan, Farg‘ona shaharlarida +35 darajani, Toshkent, Urganch, Buxoro, Navoiy, Jizzax, Qarshi shaharlarida +36 darajani, Nukus va Guliston shaharlarida esa +37 darajani tashkil etdi. “O‘zgidromet”ning qayd etishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Jasliq hududida 21-avgust hisobidan O‘zbekiston hududidagi eng kuchli shamollar kuzatilgan — havo harorati +35 darajagacha ko‘tarilgan hududda shamolning tezligi soniyasiga 25 metrga yetgan.

Теги:

loading...
Всего комментариев: 0
avatar