Главная » 2016 » Февраль » 17

Apple “1970 muammosini” yechishga kirishdi


  • voydodaxek
  • 17 Фев 2016(12:46)
  • 485
  • 0

Apple saytida ilk shikoyatlar paydo bo‘lganidan uch kun o‘tib, kompaniya nosozlik bilan bog‘liq faktni tasdiqlab, xabar qoldirdi, deb yozadi TJournal.

Unda kompaniya xatolik bartaraf etilgan dasturiy yangilanmani chiqarishni va’da qilgan, shuningdek, bunday muammo yuzaga kelgan taqdirda ko‘mak markaziga murojaat qilishni tavsiya etgan.

Kompaniyadagilar nosozlik sababini oshkor qilmadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 64 bitli protsessorga ega iOS-qurilmalardagi sana 1970-yil 1-yanvarga o‘zgartirilsa, ular ishlamay qolishi xabar berilgan edi.

1970-yil 1-yanvar UNIX va POSIX’ga mos keladigan operatsion tizimlarda vaqtni hisoblash nuqtasi hisoblanadi. Taxminlardan biriga ko‘ra, iOS’dagi nosozlik shu bilan bog‘liqki, sana 1970-yil boshiga o‘tkazilganida operatsion tizim vaqtning manfiy qiymatini qabul qiladi.

Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar