Главная » 2015 » Ноябрь » 24

Apple barmoq skaneriga ega OLED-ekran ishlab chiqdi


  • News
  • 24 Ноя 2015(18:55)
  • 463
  • 0
Apple muhandislari alohida barmoq skaneridan voz kechish imkonini beruvchi texnologiyani ishlab chiqdi. AQSh patentlar va savdo belgilari byurosi tegishli arizani 19-noyabr kuni e’lon qildi.

Sentabr oyida Business Korea nashri Apple’ning organik yorug‘lik diodli displeylar ishlab chiqaruvchi dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biri bilan butlovchi qismlar yetkazib berish haqida muzokaralar olib borayotganini ma’lum qilgandi. “Ichki sensorli ekranga ega kremniy-OLED displeyi” nomli patent arizasi buni qisman tasdiqlaydi.

Hujjatda aytilishicha, texnologiya zamonaviy sensorli OLED-ekran va barmoq skanerini o‘zida birlashtiradi.

Innovatsion displey tranzistorlar massivi, bir necha qavat metall qoplama, qatlamlararo birikish, rangli filtrlar, OLED qatlamlari, sensorlar va qator qo‘shimcha komponentlardan iborat.

Ishlab chiquvchilar uni smartfon va, ehtimol, planshetlarda vizual axborotni aks ettirish vositasi sifatida, shuningdek, daktiloskopik maqsadda qo‘llamoqchi.
Всего комментариев: 0
avatar