Главная » 2016 » Январь » 27

Apple birinchi moliyaviy chorakda rekord darajada daromad olgani haqida ma’lum qildi


  • voydodaxek
  • 27 Янв 2016(17:08)
  • 387
  • 0

Apple kompaniyasining birinchi moliyaviy chorakdagi (2015-yilning 26-dekabrida yakunlangan) daromadi 18,4 milliard dollarni tashkil etganligi ma’lum qilindi. Bu esa Amerika korporatsiyasi uchun rekord ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu haqda kompaniya tomonidan taqdim etilgan moliyaviy hisobot ma’lumotlariga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Shuningdek, Apple’ning ushbu davrdagi jami aylanmasi ham 75,9 milliarddan iborat bo‘lib, rekord o‘rnatdi.

Bundan tashqari, korporatsiya ommabop iPhone smartfoni sotuvidagi uncha katta bo‘lmagan o‘sishni (bir foizdan kamroq) qayd etdi. Boshlangan moliyaviy yilning birinchi choragida ushbu qurilmalardan 74,7 million dona sotilgan. Bu esa ularning 76,5 millionta sotilishini bashorat qilgan tahlilchilarning kutgan natijasini oqlamadi.

Теги: Apple birinchi moliyaviy chorakda r

Всего комментариев: 0
avatar