Главная » 2015 » Сентябрь » 6

Apple’dan iPhone’ning yangi modeli nomini o‘zgartirishni iltimos qilishdi


  • News
  • 06 Сен 2015(20:36)
  • 479
  • 0
6S kompaniyasi Apple kompaniyasidan iPhone smartfonining yangi modeli nomini o‘zgartirishni so‘rab, Nyu-York shahrining bir necha hududiga bilbordlar joylashtirdi.

6S firmasining bayon qilishicha, u o‘z faoliyatini asr boshida boshlagan va vaqti kelib Apple mahsuloti bilan nomdosh bo‘lib qolishini oldindan hech qachon taxmin qila olmasdi. Hozir kompaniya Apple’dan smartfonning yangi modelini iPhone 7 deb nomlashni iltimos qilmoqda.

Kompaniyaning qayd etishicha, uning asoschilari ingliz tilida “muvaffaqiyat” (“success”) so‘ziga o‘xshab jaranglashi sabab “6S” birikmasini nom sifatida tanlagan edi.

Ayni vaqtda, 6S vakillari joriy bayonot iltimosdan ko‘ra ko‘proq reklama harakati ekanligini tan olmoqda, chunki iPhone 6S taqdimotiga bir haftadan kamroq vaqt qoldi.
Всего комментариев: 0
avatar