Главная » 2015 » Ноябрь » 14

Apple gadjetlarni suvdan himoya qiluvchi yangi texnologiyani ixtiro qildi


  • News
  • 14 Ноя 2015(13:48)
  • 365
  • 1
Amerika patent va savdo belgilari byurosi Apple tomonidan berilgan patent arizasini oshkor qildi. Hujjatda gadjetlarni suv ta’siridan himoya qiluvchi innovatsion texnologiya tavsiflangan.

Texnologiya qo‘llanilgach, suv tekkan smartfon yoki planshetni servis markaziga olib borish kerak bo‘lmaydi. Gadjetning ichiga kirib qolgan suvni elektr razryad yordamida chiqarib tashlash mumkin.

Bunda smartfondagi akustik tuynuklarni (mikrofon va dinamik) gidrofob xususiyat bilan ta’minlash ko‘zda tutilmoqda. Buni o‘tkaziladigan elektr razryadni o‘zgartirish hisobiga amalga oshirish mumkin. Apple muhandislari datchiklarni bevosita akustik modullar ichiga joylashni yoki chiqadigan tovushni tahlil qilishni taklif etmoqda.

Datchiklar akustik modulda suv borligini qayd etishi bilan, tok o‘tkazuvchi elementlar elektrsizlantiriladi. Elektrsizlanish turli nuqtalarda qo‘llanilishi tufayli, to‘plangan namlik asta-sekinlik bilan korpusdagi teshiklardan chiqariladi. Bundan tashqari, Apple mutaxassislari korpus ichidagi namlikdan tovushli to‘lqinlar va impulslar yordamida xalos bo‘lishni taklif qilmoqda.
Всего комментариев: 1
avatar
1 voymedia • 13:52, 14 Ноя 2015
zoru
avatar