Главная » 2015 » Сентябрь » 14

Apple internet-do‘koni pushti iPhone 6s va iPhone 6s Plus’ni bir necha soat ichida sotib bo‘ldi


  • News
  • 14 Сен 2015(19:04)
  • 466
  • 0
Yangi iPhone’larning pushti versiyasi oldindan buyurtma qilish yo‘li bilan bir necha soat ichida sotib bo‘lindi.

Macrumors internet-nashri ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda Apple’ning internet-do‘konida pushti rang iPhone 6s va iPhone 6s Plus’ni sotib olish imkoni yo‘q, ular ikki-uch haftadan so‘ng do‘konda yana paydo bo‘ladi.

Nashrning aniqlik kiritishicha, pushti iPhone’larning aksariyat bo‘lajak egalari AQShda istiqomat qiladi. Mazkur qurilmalar chakana savdoda sentabr oyi oxirida paydo bo‘lishi kutilmoqda.
Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar