Главная » 2015 » Сентябрь » 12

Apple iPad Pro, iPhone 6s va 6s Plus’ning “jonli” suratlari taqdim etildi


  • News
  • 12 Сен 2015(16:51)
  • 670
  • 0
Apple kompaniyasi 9-sentabr kuni uzoq kutilgan taqdimotini o‘tkazdi va unda yangi iPhone 6s va iPhone 6s Plus, iPad Pro plansheti, Apple TV pristavkasi hamda Apple Watch uchun yangi bog‘ichlarni namoyish etdi. “Hi-tech.mail.ru” flagmanlar va iPad Pro’ning “jonli” suratlaridan iborat fotogalereyani taqdim etdi.

Eslatib o‘tamiz, ikki yangi model iPhone 6s va iPhone 6s Plus nomlarini oldi. Mazkur qurilmalarda tatbiq etilgan eng muhim yangiliklardan biri — telefon ekraniga bosish kuchini aniqlay oladigan 3D Touch texnologiyasini qo‘llab-quvvatlashidir. Smartfonning orqa tomonida joylashgan kameraning ajrata olishi 12 megapikselgacha oshirilgan — bir avlod eski iPhone’ning kamerasi 8 megapikselli edi.

Yangi iPad Pro diagonali 12,9 dyuymga teng, bir marta quvvatlantirilganda 10 soatgacha ishlay oladi. Apple kompaniyasi iPad Pro bilan birga bir necha qo‘shimcha uskunalarni, xususan, planshet uchun alohida klaviaturasi bor g‘ilof, Apple Pencil nomli stilus (qalam)ni taqdim etdi. Yangi iPad’ning og‘irligi 700 grammga yaqin.
loading...
Всего комментариев: 0
avatar