Главная » 2016 » Июнь » 15

Apple kompaniyasi egiluvchan ekranli smartfonni patentladi


  • News
  • 15 Июн 2016(11:14)
  • 806
  • 0
Amerikaning Apple korporatsiyasi egiluvchan ekran va shaffof korpusga ega smartfon texnologiyasini patentladi.

Patent AQSh patentlar va savdo belgilari byurosida ro‘yxatga olingan. Hujjatga ko‘ra, yangi smartfon loyihasi qurilmani “aylantirib burash” imkonini beruvchi egiluvchan sensorli ekrandan foydalanishni nazarda tutadi.

Patentga berilgan izohda aytilishicha, smartfonlarning hozirda mavjud bo‘lgan standart dizaynida uning faqat bitta tomoni — old tomoni faol ravishda qo‘llaniladi. Yangi yaxshilangan dizayn “qurilmaning barcha yuzalariga funksional imkoniyatlarni joriy qilish” imkonini beradi.

Bunday qurilmada tovush balandligini tugma yordamida emas, ekranga bosish orqali o‘zgartirish mumkin bo‘ladi. Ekranni bloklash tugmasi ham bo‘lmaydi.

Теги: Apple kompaniyasi egiluvchan ekranl

Всего комментариев: 0
avatar