Главная » 2015 » Ноябрь » 2

Apple kompaniyasi iPad Pro narxlarini e’lon qildi


  • News
  • 02 Ноя 2015(22:17)
  • 447
  • 0
iPad Pro planshetlarini joriy yilning 11-noyabridan boshlab xarid qilish mumkin bo‘ladi.

Masalan, 32 Gb xotiraga ega, SIM-kartalar uchun maxsus joy bo‘lmagan va mobil tarmoqni qo‘llovchi standart versiyasi 799 AQSh dollari atrofida, 128 Gb varianti esa 949 AQSh dollari narxida. Shuningdek, 128 Gb va LTE’li model 1079 AQSh dollari, Stilus Pencil 99 AQSh dollari, Smart Keyboard g‘ilof-klaviturasi 169 AQSh dollariga baholangan.

iPad Pro plansheti uch xil rangda – kumushrang, tillarang va kulrang, ya’ni iPad Air 2 va iPad Mini 4 ranglarida bo‘ladi. iPad’ning pushti ranglisi esa hozircha chiqarilmaydi.

Planshet diagonali 12,9 dyuymli Retina displeyga ega. Ko‘rsatish qobiliyati 2732×2048 nuqtani tashkil qiladi. Qolaversa, 64 bitli A9X protsessorlarining uchinchi avlodi M9 maxsus protsessor, 1,2 MP o‘lchamli yuzni aniqlash tizimiga ega FaceTime kamerasi, f/2.4 apertura va fokusni avtomatik to‘g‘rilash qobiliyatiga ega 8 megapikselli asosiy kamera, barmoq skaneri hamda doimiy video ko‘rish yoki Wi-Fi qo‘llanilgan holda 10 soatga yetadigan quvvat manbai (batareyka) mavjud.

Planshet stilusi — Apple Pencil versiyaning imkoniyati o‘ziga xos. Bosim va egilishni sezuvchi datchiklar bosish kuchi va holatini aniqlay oladi. Foydalanuvchi chiziq qalinligini boshqarishi, yengil shtrixlar va boshqa tasviriy effektlarni ham yaratishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Apple kompaniyasi 9-sentabr kuni uzoq kutilgan taqdimotini o‘tkazib, va unda yangiiPhone 6s va iPhone 6s Plus, iPad Pro plansheti, Apple TV pristavkasi hamda Apple Watch uchun yangi bog‘ichlarni namoyish etgan edi.

Теги: Apple kompaniyasi iPad Pro narxlari

Всего комментариев: 0
avatar