Главная » 2015 » Октябрь » 22

Apple kompaniyasining xodimi 997 ming dollar miqdoridagi firibgarlik bilan qo‘lga tushdi


  • News
  • 22 Окт 2015(19:41)
  • 406
  • 0
Apple Store’ning 24 yoshli xodimi Ruben Profit bir qator jinoyatlarni sodir etishda, jumladan Apple’ning 997 ming dollarlik sovg‘a kartalarini noqonuniy yo‘l bilan qo‘lga kiritishda ayblanmoqda.

Profit kartochkalarning belgilangan narxi 2000 dollar bo‘lgani holda, ularni ancha arzon narxda – 200 dollardan qayta pullagan. U faol harakat qilgan va barcha firibgarliklarni avgustdan oktabrga qadar amalga oshirgan.

Yigit Apple kartalarini sotib olish uchun dastlab bank kredit va debet kartalarini qayta kodlab, so‘ngra ular yordamida to‘lovlarni amalga oshirgan. Biroq kartalarning haqiqiy egalari mablag‘larni qaytarishni rasmiylashtira boshlagan.

Profit qo‘lga olinganda, uning yonidan har biri 2000 dollarlik yettita sovg‘a kartasi, shuningdek, 51 ta Visa va American Express bank kartasi topildi. Bu jinoyati uchun unga 15 yillik qamoq jazosi xavf solmoqda.

Теги: Apple kompaniyasining xodimi 997 mi

Всего комментариев: 0
avatar