Главная » 2015 » Сентябрь » 6

Apple’ning sobiq dizayneri oson yig‘iladigan mebellarni yetkazib beruvchi kompaniyaga asos soldi


  • News
  • 07 Сен 2015(00:22)
  • 416
  • 0
Apple kompaniyasining sobiq xodimi, iPod va iPhone ishlanmalarida qatnashgan Bred Syuell mebel tanlash va sotib olishdagi an’anaga aylangan amaliyotni o‘zgartirish vaqti keldi, deb hisobladi.

Bred asos solgan Campaign kompaniyasi tomonidan tayyorlangan mebellar juda yengil va ularni quruq qo‘l bilan — qo‘shimcha asbob-uskunasiz tezda yig‘ish mumkin. Ikkinchi muhim jihat — mebel oson qadoqlanadi, oson tashiladi va oson yetkazib beriladi. Masalan, o‘rindiq detallari avtomobilning bagaj qismiga bemalol sig‘adigan FedEx va UPS’ning standart qutilaridan qiyinchiliksiz joy oladi.

Campaign kreslo va divanlarining detallari lazer yordamida kesiladi. Kompaniya mebellari ko‘p marta tashilish uchun chidamli bo‘lishi maqasadida ularda mustahkam po‘lat ramalar, ishonchli yog‘och oyoqchalar va tabiiy materiallardan tayyorlangan uzoq muddatli qoplamalardan foydalaniladi.

Faoliyatini endigina yo‘lga qo‘ygan kompaniya hozirgi vaqtda dastlabki buyurtmalarni qabul qilmoqda va u taklif qilayotgan narxlar Shvetsiyaning IKEA shirkati jihozlarinikidan qimmat, biroq narx mebelni yetkazib berish xarajatlarini ham o‘z ichiga olgan. AQSh ichidagi buyurtmalar 2015-yil noyabridan bajariladi, xalqaro bozorga chiqish haqida hozircha gap-so‘z yo‘q.

Теги: Apple’ning sobiq dizayneri oson yig

Всего комментариев: 0
avatar