Главная » 2016 » Февраль » 8

Apple norasmiy servis markazlarida ta’mirlangan 180 mingta iPhone’ni o‘chirib qo‘ydi


  • News
  • 08 Фев 2016(21:12)
  • 419
  • 0
Apple kompaniyasi norasmiy servis markazlarida ta’mirlangan 180 mingdan ortiq iPhone’ni o‘chirib qo‘ydi.

180 mingdan ortiq iPhone foydalanuvchilari “53 xatolik” yuzaga kelganidan shikoyat qildi, u qurilma egasining shaxsiy ma’lumotlari o‘chib ketishiga olib keladi va smartfonni ishga yaroqsiz holatga keltiradi. Ushbu vaziyat operatsion tizimning iOS 9 gacha yangilanishi bilan bog‘liq va Apple’ning o‘zi tomonidan amalga oshirilgan.

Apple vakillari ma’lum qilishicha, tizim norasmiy butlovchi qismlarni aniqlasa, smartfon bloklanib qoladi. Ular bunday xatolikni ko‘rgan mijozlarga Apple servis markaziga murojaat qilishni tavsiya etdi.
Всего комментариев: 0
avatar