Главная » 2015 » Ноябрь » 11

Apple rahbari shaxsiy kompyuterlarning davri tugaganligini e’lon qildi


  • News
  • 11 Ноя 2015(18:39)
  • 388
  • 0
Apple bosh direktori Tim Kuk hozirgi vaqtda shaxsiy kompyuterlarga ehtiyoj yo‘qolganligini ma’lum qildi.

“Shaxsiy kompyuterlarga qaraganingizda bir savol paydo bo‘ladi: hali ham uni sotib olishga zarurat bormi?” — deydi Kuk.

Uning fikriga ko‘ra, shaxsiy kompyuter va noutbuklarning o‘rnini iPad Pro kabi planshetlar egallamoqda. Odamlar undan foydalana boshlaganda, “ularga boshqa hech narsa kerak bo‘lmasligi haqidagi xulosaga keladi”, deb hisoblaydi Apple rahbari.

O‘lchami planshetnikiga yaqinlashayotgan smartfonlar haqida so‘z yuritib, Kuk shuni ta’kidlaydi: “Agar sizning katta smartfoningiz bo‘lsa, unda sizga iPad mini’ga ehtiyoj bo‘lmaydi deb o‘ylayman”.

Apple bosh direktori kompaniya sog‘liqni saqlash sohasida biror dastur yaratish haqida o‘ylayotganligini ma’lum qildi.

Теги: Apple rahbari shaxsiy kompyuterlarn

Всего комментариев: 0
avatar