Главная » 2015 » Ноябрь » 14

Apple rahbari yaqin kelajakda naqd pulga o‘rin qolmasligini bashorat qilmoqda


  • News
  • 14 Ноя 2015(17:15)
  • 455
  • 0
Apple rahbari Tim Kuk talabalar bilan muloqoti chog‘ida “Sizlarning farzandlaringiz naqd pul nimaligini bilmaydi”, deya bashorat qildi.

Tim elektron pullar kelajakda naqd pullarni to‘liq o‘rnini bosishi, smartfonlar orqali to‘lovlar esa hamyonlarni siqib chiqarishini nazarda tutgan ko‘rinadi. U oldinroq “2015-yilni bemalol Apple Pay yili deb atash mumkin”ligi haqida bayonot bergandi.

Ayni paytda chindan ham naqd pul aylanmasi kamayib borayotganini kuzatish mumkin. Biroq u hali yetakchilik mavqeyini boy bergani yo‘q: Buyuk Britaniyada to‘lovlarning 50, Rosiyada esa 80 foizi naqd pulga to‘g‘ri kelmoqda. Apple Pay esa barqaro o‘sishni namoyon etayotganiga qaramay, sanoqli mamlakatlardagina joriy etilganini qayd etish mumkin.

Теги: Apple rahbari yaqin kelajakda naqd

Всего комментариев: 0
avatar