Главная » 2015 » Сентябрь » 18

Apple Samsung bilan patent urushida yengib chiqdi


  • News
  • 18 Сен 2015(20:20)
  • 653
  • 0
Vashington federal okrugi Apellyatsiya sudi qaroriga ko‘ra, Janubiy Koreya giganti smartfon va planshetlarda Apple’dan ko‘chirib olingan (yoki Apple tomonidan Samsung’ga nisbatan oldinroq patentlangan) qator texnologiyalarni qo‘llashdan voz kechish majburiyatini oldi.

Samsung va Apple o‘rtasida to‘rt yildan oshiq vaqtdan buyon davom etayotgan sud ishida Janubiy Koreya kompaniyasini Google, Facebook, eBay, Dell, HP kabi yirik kompaniyalar qo‘llab-quvvatladi. Ularning vakillari Apellyatsiya sudiga ko‘rib chiqilayotgan ish bo‘yicha konsultatsiya taqdim etishga tayyor bo‘lgan uchinchi mustaqil tomondan xat jo‘natdi. Unda suddan Samsung’ga patent qoidalarini buzuvchi qurilmalaridan tushgan daromadni Apple’ga yo‘naltirish majburiyatini yuklovchi sud hukmini qayta ko‘rib chiqishni so‘rashdi.

Apple va Samsung o‘rtasidagi patent urushi 2011-yildan beri davom etmoqda. Apple da’volariga ko‘ra, Samsung o‘z smartfonlari uchun iPhone’ning ko‘plab o‘ziga xosliklarini ko‘chirib olgan. Da’vodan iPhone’ning aylana ko‘rinishidagi burchaklari, multitach va barmoq bilan bosish orqali yaqinlashtirish kabi xususiyatlari o‘rin olgan.
Всего комментариев: 0
avatar