Главная » 2016 » Январь » 19

Apple, Samsung va Sony bolalar mehnatidan foydalanganlikda gumon qilinmoqda


  • News
  • 19 Янв 2016(20:17)
  • 294
  • 0
Amnesty International eng yirik elektronika ishlab chiqaruvchilarini bolalar mehnati orqali qo‘lga kiritiladigan kobalt (kumushrang metall)ni sotib olishda gumon qildi, deya xabar bermoqda Meduza xalqaro huquqni muhofaza qilish tashkiloti ma’ruzasiga tayanib.

Kobalt mobil telefon, planshet, noutbuk va boshqa portativ elektron qurilmalarga o‘rnatiladigan litiy-ionli akkumulyatorlarni ishlab chiqarishda qo‘llaniladi.

Dunyo bo‘yicha yetkazib beriladigan kobaltning yarmidan ko‘pi Kongo Demokratik respublikasida qazib olinadi. Ushbu mamlakatda kobaltning 20 foizi eng oddiy uskunalardan foydalanadigan oltin izlovchilar tomonidan topiladi. Ular orasida yetti yosh va undan katta bolalar ko‘p.

Huquq muhofazachilari aniqlashicha, kobaltni Xitoyning Zhejiang Huayou Cobalt Ltd kompaniyasi bo‘linmalaridan biri sotib oladi, u yerdan esa metall Apple Inc., Dell, HP Inc., Huawei, Lenovo, LG, Microsoft Corporation, Samsung, Sony, Vodafone, Daimler AG, Volkswagen kabi kompaniyalarga yetkaziladi.

Теги: Apple, Samsung va Sony bolalar mehnatidan

Всего комментариев: 0
avatar