Главная » 2015 » Октябрь » 29

Apple sobiq kreativ direktori endi Huawei smartfonlari dizayni uchun javob beradi


  • News
  • 29 Окт 2015(17:24)
  • 431
  • 0
Xitoyning Huawei kompaniyasi Apple sobiq kreativ direktori Ebigeyl Brodini mahsulotlar interfeysi dizayni ustida ishlash uchun yolladi.

Brodi salkam 10 yil davomida — to 2011-yilgacha Apple kreativ direktori hamda xodimlar bo‘yicha menejer bo‘lib ishlagan. U jumladan, ilk iPhone va iCloud dizaynini ishlab chiqish bilan shug‘ullangan. Oxirgi yillarda esa eBay va PayPal kompaniyalarida global dizayn bo‘yicha vitse-prezident bo‘lib ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, sotilayotgan smartfonlar soni bo‘yicha Huawei dunyoda uchinchi o‘rinni egallab turibdi: keyingi 9 oy mobaynida 75,6 million dona smartfon xaridorlarga yetkazib berilgan.
loading...
Всего комментариев: 0
avatar