Главная » 2015 » Июль » 10

Apple tan olinmagan Tayvan davlatining bayrog‘ini iOS 9’ga qo‘shdi


  • News
  • 10 Июл 2015(21:42)
  • 510
  • 0
Apple kompaniyasi smartfonlari va planshetlari klaviaturasining yangilangan versiyasida Tayvan bayrog‘i belgisi paydo bo‘ldi. Bu haqda mobil platformalarda yangi grafik belgilar paydo bo‘lishini kuzatib boruvchi Emojipedia blogi xabar bergan.

Tayvan oroli bayrog‘i belgisi foydalanuvchilarga 2015-yil sentabr oyida chiqishi rejalashtirilgan iOS 9 operatsion tizimi bilan birgalikda taqdim etiladi. Shuningdek, Chad, Grenlandiya va Vatikan bayroqlari ham qo‘shilgan.

Ma’lumot uchun, Tayvan Tinch okeanida, Xitoydan 150 kilometr sharqda joylashgan orol bo‘lib, Xitoy Respublikasi nomli davlat nomi bilan ish yuritishga da’vo qiladi. Xitoy Xalq Respublikasi Tayvan bayrog‘i ommaviy namoyish etilishini tanqid qilib keladi.

Manba: Daryo.uz
Всего комментариев: 0
avatar