Главная » 2015 » Октябрь » 15

Apple Viskonsin universiteti patent huquqlarini buzgani uchun 862 million dollar jarima to‘lashi mumkin


  • News
  • 15 Окт 2015(09:55)
  • 304
  • 0
AQShning Viskonsin shtatidagi Medison shahri sudi Apple kompaniyasini huquqlari Viskonsin universitetiga tegishli patentlardan noqonuniy ravishda foydalanganlikda aybdor deb topdi.

Qayd etishlaricha, sud 1998-yili universitet xodimlari tomonidan ishlab chiqilgan va xususiy Wisconsin Alumni Research Foundation tashkilotiga tegishli patentni haqiqiy, deb tan olgan.

Patentlashtirilgan texnologiya protsessor faoliyatini optimizatsiya qilib, energiya sarfini kamaytirishga yordam beradi. Ma’lum bo‘lishicha, iPhone 5s, 6 va 6 Plus smartfonlari, iPad planshetining ba’zi versiyalarida foydalanilayotgan A7, A8 va A8X protsessorlari patent huquqini buzmoqda.

Endi Apple 862 million dollargacha jarimaga tortilishi mumkin. Agar kompaniya patent huquqlarini qasddan buzgani aniqlansa, jarima miqdori oshirilishi mumkin.

Теги: Apple Viskonsin universiteti patent

Всего комментариев: 0
avatar