Главная » 2015 » Сентябрь » 21

Apple Watch amerikalik o‘smirning hayotini saqlab qoldi


  • News
  • 21 Сен 2015(23:04)
  • 429
  • 0
Smart soatlar inson sog‘lig‘i uchun foyda keltirishi mumkinligi aniqlandi. Ularga o‘rnatilgan datchik, hattoki, inson hayotini saqlab qolishi mumkin.

Bu safar Kupertino kompaniyasi “aqlli” soati – Apple Watch maktab o‘quvchisining hayotini qutqarib qoldi. Gadjet 17 yoshli amerikalik Pol Xoulga futbol mashg‘ulotlaridan bir necha soat o‘tganligiga qaramasdan, uning yuragi bir daqiqada 145 marta urayotganligini aniqlashga imkon berdi.

Shifokorlar tekshiruv natijalaridan so‘ng o‘smirda mushak jarohati tufayli yuzaga kelgan rabdomioliz sindromini aniqladi.

“Shifokorlarning so‘zlariga qaraganda, ertasi kuni ham mashg‘ulotlarga borgan taqdirimda, mushaklar nazoratini yo‘qotib, maydonda vafot etishim mumkin edi”, — dedi Pol. O‘smir Apple Watch’ning yurak urishini kuzatib boruvchi funksiyasidan minnatdor ekanligini ta’kidladi.

Теги: Apple Watch amerikalik o‘smirning h

Всего комментариев: 0
avatar