Главная » 2016 » Август » 23

AQSh davlat kotibi Janubiy Sudan poytaxtiga BMT kuchlarini joylashtirish zarurligini aytdi


  • Pro_eXclusive
  • 23 Авг 2016(11:35)
  • 204
  • 0
AQSh davlat kotibi Jon Kerri BMT kuchlarini Janubiy Sudan poytaxti — Jubaga joylashtirish zarurligini ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”. Tegishli bayonot bilan u Nayrobidagi matbuot anjumanida chiqish qildi. “Biz himoya bo‘yicha mintaqa kuchlarini joylashtirish borasida olg‘a siljishimiz kerak, bunga shubha yo‘q, — dedi Amerika diplomatiyasi rahbari. — Shu narsaga e’tibor qaratmoqchimanki, bunda gap aralashuvni amalga oshiradigan kuchlar haqida bormayapti. Gap aholini himoya qilish imkonini beruvchi aniq vakolatga ega kuchlar haqida bormoqda”. Keniya tashqi ishlar vaziri Amina Muhammad, o‘z navbatida BMT kontingenti iloji boricha tezroq joylashtirilishini qo‘llab-quvvatladi.

Теги:

Загрузка...
Всего комментариев: 0
avatar