Главная » 2016 » Август » 19

AQSh Qurolli kuchlaridagi yaradorlarning tirik qolishi 90 foizdan oshgani ma’lum qilindi


  • Pro_eXclusive
  • 19 Авг 2016(12:13)
  • 146
  • 0
AQSh harbiy tibbiyoti muvaffaqiyatlari tufayli Qurolli kuchlardagi yaradorlarning tirik qolishi 92—93 foizga yetdi. Bu haqda AQSh quruqlikdagi qo‘shinlar harbiy tibbiyot xizmati boshlig‘i, general-leytenant Nadia Uest ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”. “Qurolli kuchlarda yaradorlarning buncha foizi omon qolishi tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Mazkur raqamlar hozirda amerikalik askarlarga qarshi qo‘llanayotgan qurol-aslahalarning vayronkor qudrati, ular olayotgan jarohatlar inobatga olganda katta ahamiyatga ega. Bunday sharoitlarda harbiy tibbiyot erishayotgan yutuqlar hisobiga yashab qolish darajasini har qancha olqishlasa arziydi”, — deya ta’kidlagan Uest. Taqqoslash uchun AQSh Qurolli kuchlari saflaridagi yaradorlarning tirik qolish darajasi Ikkinchi jahon urushi yillarida 70,7 foizni tashkil etgan. Koreyadagi urush chog‘ida bu ko‘rsatkich 78,2, Vyetnamda esa 76 foizdan iborat bo‘lgan.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar