Главная » 2015 » Сентябрь » 19

AQSh soliqchilari Coca-Cola’dan 3,3 mlrd dollar talab qilmoqda


  • News
  • 19 Сен 2015(21:45)
  • 433
  • 0
AQSh federal soliq muassasasi — Ichki daromadlar xizmati Coca-Cola kompaniyasi davlatdan 3,3 milliard dollar va bunga qo‘shimcha penyaga qarzdor bo‘lib qolganini da’vo qilmoqda. Xizmat tomonidan o‘tkazilgan kompaniyaning 2007 — 2009-yillardagi faoliyati auditi natijalari shundan dalolat bermoqda. Bu haqda kompaniya vakillari ma’lum qilgan.

Kompaniya o‘zini haq deb hisoblamoqda va buni sudda isbotlash niyatida. “Biz muammoning yechimini topish uchun ma’muriy va huquqiy vositalardan foydalanishni rejalashtirganmiz, — deya ta’kidlanadi kompaniya tomonidan e’lon qilingan bayonotda. — Deyarli 30 yildan beri Coca-Cola daromadlarning soliq olinadigan qismini hisoblashda bir xil uslubdan foydalanib kelmoqda”.

Amerikalik soliqchilarning da’vosida jarima masalasi ko‘tarilmagan.
loading...
Всего комментариев: 0
avatar