Главная » 2016 » Октябрь » 14

AQShda 1,9 mln Samsung Galaxy Note 7 smartfonlari qaytarib olinadi


  • News
  • 14 Окт 2016(12:46)
  • 911
  • 0
AQSh iste’molchilik mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha komissiya (CPSC) 1,9 millionga yaqin Samsung Galaxy Note 7 smartfonlari qaytarib olinishi haqida e’lon qildi, deb yozadi “Vedomosti”.

Bu T&T, Best Buy, Sprint, T-Mobile, US Cellular, Verizon do‘konlarida, Samsung va boshqa kompaniyalar saytlarida joriy yilning avgustidan oktabrigacha sotilgan smartfonlarga tegishli. Iste’molchilarga pullari qaytarib beriladi yoki telefonlari boshqa modelga almashtirib beriladi.

Eslatib o‘tamiz, OAVlarda almashtirib berilgan Galaxy Note 7 smartfonlari ham yonib ketayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgach, Samsung ushbu qurilmani ishlab chiqarishni to‘xtatdi. Keyinroq Galaxy Note 7 smartfonlari egalariga maxsus olovga chidamli qutilar yetkazib berila boshlagani ma’lum qilindi.

13-oktabr kuni Samsung Electronics kompaniyasi Janubiy Koreyada Galaxy Note 7 smartfonlari uchun tovon puli to‘lash va ularni boshqa modellarga almashtirib berishni boshladi.
Всего комментариев: 0
avatar