Главная » 2015 » Октябрь » 1

AQShda mahbusning qatli hukm ijro etilishidan bir daqiqa avval qoldirildi


  • News
  • 01 Окт 2015(20:01)
  • 606
  • 0
Oklaxoma shtati gubernatori Meri Fellin qotilligi uchun o‘limga hukm etilgan mahbusning qatlini ijro etilishidan bir daqiqa avval kechiktirishga qaror qildi.

52 yoshli Richard Glossip boshlig‘ini o‘ldirishda ayblanib, 1997-yilda hibsga olingan. Uning o‘zi aybini tan olmagan, qotillikni hamkasbi, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan Jastin Snid amalga oshirganini bildirgan.

Glossip so‘nggi istagi —pitssa va kartoshka aralashtirilgan baliqdan iborat tushlikni yeb bo‘lganida qatlni qoldirish to‘g‘risida buyruq keldi. Gubernator qatl uchun mo‘ljallangan in’eksiyaning sifatiga shubha bilan qaragani uchun shunday qarorga kelgan. Rasmiylar in’eksiya mahbus to hayotdan ko‘z yumguniga qadar bir necha soat qiynalishiga sabab bo‘lishi mumkinligidan tashvishlangan.

Glossipning qatli kelgusi oyga — 6-noyabrga qoldirildi.
Всего комментариев: 0
avatar