Главная » 2016 » Август » 20

AQShda Muhammad Alining chempionlik kamari va islomni qabul qilgani haqidagi maktubi sotuvga qo‘yiladi


  • Pro_eXclusive
  • 20 Авг 2016(15:52)
  • 239
  • 0
AQShda afsonaviy bokschi Muhammad Aliga tegishli 79 buyum savdoga qo‘yiladi. Bu haqda ularni o‘tkazadigan Heritage Auctions auksion uyi vakillariga tayanib, Reuters ma’lum qildi, deya xabar beradi “RBK”. Boshqa lotlar qatoridan Ali 1974-yili Jorj Forman ustidan g‘alaba qozongandan so‘ng qo‘lga kiritgan Butundunyo boks kengashining (WBC) og‘ir vazndagi mutlaq chempioni kamari ham o‘rin olgan. Uning boshlang‘ich bahosi 600 ming dollardan iborat. Shuningdek, auksionga bokschining 1964-yilda Life jurnaliga yo‘llagan va u islomni qabul qilishi hamda ismini o‘zgartirishiga undagan sabablarni bayon qilgan maktub ham sotuvga qo‘yilgan. Uni kamida 100 ming dollarga sotish mo‘ljallanmoqda. Auksion 10-sentabrda o‘tkaziladi. Kimoshdiga qo‘yiladigan barcha lotlar xususiy kolleksiyalarda ekanligi, ular orasida Alining oilasiga tegishli buyumlar yo‘qligi bildirilmoqda.

Теги:

Всего комментариев: 0
avatar