Главная » 2015 » Сентябрь » 20

AQShda selfi ishqibozlari uchun maxsus qoshiq taqdim etildi


  • News
  • 20 Сен 2015(13:12)
  • 578
  • 0
AQShning nonushta uchun yormalar ishlab chiqaruvchi Cinnamon Toast Crunch brendi selfi-qoshiqni taqdim etdi, uning bir uchi qoshiqdan iborat bo‘lib, ikkinchi uchida gadjetni o‘rnatadigan joy bor.

Yaratuvchilar ta’kidlashicha, qurilma dunyoning ancha rivojlangan mamlakatlarida yuzaga kelgan ovqatlanish va suratga olishdan birini tanlash muammosini hal qilishda zarur. “Siz ovqatlanib, do‘stlaringiz esa bundan bexabar qolgan kunlar ortda qolib ketdi”, — deyiladi reklama roligida.

Selfi-qoshiq uzunligi 76 santimetrga teng bo‘lib, unga maxsus pult qo‘shib beriladi, u Android va iOS boshqaruvidagi qurilmalar bilan ishlaydi.
Всего комментариев: 0
avatar