Главная » 2015 » Октябрь » 29

AQShlik olimlar Wi-Fi yordamida devor ortidagi kishilarni aniqlaydigan qurilmani yaratdi


  • News
  • 29 Окт 2015(17:27)
  • 516
  • 0
Massachusets texnologiya instituti Kompyuter fanlari va sun’iy intellekt laboratoriyasi tadqiqotchilari Wi-Fi yordamida devor ortidagi kishilar sharpalarini ajratish imkonini beruvchi dasturiy ta’minotni yaratdi.

RF-Capture deb nomlangan qurilma Wi-Fi signallarini tarqatadi va ularning tasviriga qarab makondagi turli obyektlarni ajratadi.

RF-Capture qandaydir to‘siq ortida turgan 15 nafargacha odamni 90 foizgacha aniqlikda ajrata oladi. Shuningdek, tizim odamning nafas olayotganini aniqlaydi, yurak urish tezligini o‘lchaydi.

Ba’zi eksperimentlar chog‘ida, hatto, devor ortidagi kishi qog‘ozga nimani yozayotganini ham aniqlashga erishildi.

Tadqiqotchilar qurilmani keksa kishilarni nazorat qilib, zarur paytda ularga tez yordam mashinasini avtomatik tarzda jo‘natish maqsadida ishlatish mumkinligini ta’kidladi. Shuningdek, u “aqlli” uylarning asosiy tarkibiy qismiga ham aylanishi mumkin.

Теги: AQShlik olimlar Wi-Fi yordamida dev

Всего комментариев: 0
avatar