Главная » 2016 » Январь » 26

“Arsenal” muxlisi Sevara Nazarxon: Bugun imkoniyatni boy berdik, ertaga navbat sizlarga! (foto)


  • voydodaxek
  • 26 Янв 2016(02:14)
  • 661
  • 0

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sevara Nazarxon futbolni yoqtirishi, xususan, Londonning “Arsenal” klubiga muxlislik qilishi ko‘pchilikka ma’lum. Xonanda Angliya chempionatining 23-turi doirasida 24-yanvar, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan “Arsenal”—“Chelsi” o‘yinini “Emireyts” stadionida kuzatgan va Instagram’dagi sahifasida uchrashuvdan olingan suratlarni joylashtirgan.

“Hayratlanarli o‘yin!!! To‘g‘ri, biznikilar bugun imkoniyatni boy berdi, ertaga navbat sizlarga! Hammasi hayotdagidek, asosiysi, yuraklarimizdagi alanga bizni doim olg‘a boshlashi”, — deya o‘yindan olgan taassurotlarini bayon qilgan Sevara.

Uchrashuv o‘yinning 18-daqiqasida 10 kishi bo‘lib qolgan “Arsenal” mag‘lubiyati bilan yakunlandi. O‘yindagi yagona golni 23-daqiqada “Chelsi” hujumchisi Diyego Kosta kiritdi.

loading...
Всего комментариев: 0
avatar